Afg‘oniston Prezidenti Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi

Afg‘oniston Prezidenti Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Hazrati Imom majumasiga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonga bu yerdagi masjid va maqbaralarning tarixi haqida ma’lumot berildi. 

Afg‘oniston Prezidenti majmuada saqlanayotgan Usmon mushafi va boshqa tarixiy-ma’rifiy yodgorliklarni zo‘r qiziqish bilan tomosha qildi. 

Ashraf G‘ani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan islom dinini o‘rganish, uning asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.