IHT Ijroqo‘mining yig‘ilishi

IHT IJROQO‘MINING YIG‘ILISHI

2017-yilning 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Istanbul shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasining tashqi ishlar vazirlari darajasidagi ochiq favqulodda yig‘ilishi ishida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofidagi vaziyat muhokama qilindi.