ISROIL ELCHISI BILAN UCHRASHUV

ISROIL ELCHISI BILAN UCHRASHUV

2017-yilning 25-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Karmela Shamirni qabul qildi.

_AAI4245.JPG 

Muloqot chog‘ida turli sohalarda va shakllardagi O‘zbekiston-Isroil hamkorligining holati va uni yanada rivojantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Vazir O‘zbekistondagi deyarli to‘rt yillik diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan Elchining samaralari faoliyatini va ikki davlat o‘rtasidagi mubnosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan xissasini qayd etdi.

O‘z navbatida Karmela Shamir mamlakat rahbariyati va TIVga o‘zining Isroilning O‘zbekistondagi Elchisi sifatidagi vazifalarini bajarishda ko‘mak bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Anvar Ilyosov olgan surat