MDH IJROIYA QO‘MITASI RAISI – IJROCHI DIREKTORI BILAN UCHRASHUV

MDH IJROIYA QO‘MITASI RAISI – IJROCHI DIREKTORI BILAN UCHRASHUV

 

2016-yilning 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida MDH xalqaro kuzatuvchilar Missiyasiga rahbarlik qilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi direktori Sergey Lebedev bilan uchrashdi, deb xabar beradi O'zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida MDH kuzatuvchilar missiyasi faoliyatining amaliy masalalari muhokama qilindi. Xususan, S.Lebedov 29-noyabr kuni Missiya tomonindan taqdim etilgan saylovga tayyorgarlikni kuzatish jarayoni to‘g‘risidagi Oraliq hisobоtning asosiy mazmuni haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda MDH doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan 2017-yil aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan TIVKning navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.