O‘zbekiston delegatsiyasining Issiqko‘ldagi uchrashuvda ishtiroki to‘g‘risida

O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING ISSIQKO‘LDAGI UCHRASHUVDA ISHTIROKI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Issiqko‘lda 2018-yil 20-22-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etadi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston TIV rahbarlari 2018-yil 15-mart kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahatlashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qiladilar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.