O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashdi. 

O‘zbekiston va Koreya Respublikalari hamkorligi so‘nggi yillarda keng ko‘lam kasb etdi. Davlatimiz rahbarining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida savdo, yoqilg‘i-energetika, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot, turizm, fan-ta’lim va madaniyat kabi ko‘plab sohalarda kelishuvlarga erishildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashuvda erishilgan mazkur kelishuvlarni amaliyotga izchil tatbiq qilish, yangi loyihalar ustida hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.