O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING HAMDARDLIK MAKTUBI

O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING HAMDARDLIK MAKTUBI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga maktub yo‘lladi. “Laxor shahrida sodir etilgan portlash oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi”, – deyiladi maktubda.

Davlatimiz rahbari Pokiston Prezidentiga va u orqali butun Pokiston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etdi hamda qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg‘ularini yetkazib qo‘yishni so‘radi, jarohat olganlarni tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.