Pokiston Elchisi bilan uchrashuv

POKISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV

2017-yilning 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Irfon Yusuf Shami bilan uchrashdi.

 

Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarining holati, Pokistonning ShHTning teng huquqli a’zosi ekanligini hisobga olgan holda siyosat va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikning hamda savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar jabhalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda hamkorlikni tizimli asosda kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi va shu munosabat bilan aniq ikki tomonlama tadbirlar, jumladan O‘zbekiston va Pokiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi turli shakllardagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oluvchi “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqish borasidagi o‘z mulohazalarini bildirishdi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Shahriyor Turg'unboyev olgan surat