Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi

Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi

Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anini kutib olish marosimi bo‘ldi.

Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘anining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Muzokarada ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar ochiq va konstruktiv ruhda o‘tmoqda.