Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi

Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi

Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” (“Moviy saroy”) qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. 

Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje Inning tor doiradagi muzokarasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 

Muzokaralar davom etmoqda.