Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

SAUDIYA ARABISTONI ELCHISI BILAN UCHRASHUV TO‘G‘RISIDA

2017-yil 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistoni Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shaya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Hamkorlikni, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollariga urg‘u berildi.

Turli darajalarda bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali va kun tartibi bo‘yicha ham fikr almashildi.