Shavkat Mirziyoyev akademik litseyga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev akademik litseyga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent Davlat agrar universitetining Nukus filialiga qarashli akademik litseyga tashrif buyurdi. O‘quv yurti faoliyati bilan tanishish asnosida mamlakatimiz rahbari qishloq xo‘jaligi texnikasi, yerlarning meliorativ holati, farmatsevtika sanoatidagi yangiliklarni o‘z ichiga qamrab olgan loyihalarni ko‘zdan kechirdi.

Shu yerning o‘zida Prezident tuman faollari, ziyolilar, fermer va tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan uchrashib, samimiy muloqot qildi.