Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi. 

Davlatimiz rahbari 23-noyabr kuni ikki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari ishtirokidagi Janubiy Koreya – O‘zbekiston  biznes forumida qatnashdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning forum ishtirokchilariga qutlovi o‘qib eshittirildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgani, O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi. Koreya  Respublikasi biznesvakillari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. 

Janubiy koreyalik moliya va ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonda faol biznes yurtish uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi. 

So‘zga chiqqanlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida janubiy koreyalik sarmoyadorlarlar faoliyati muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi. 

Koreya Respublikasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etgan investitsiyalari hajmi 7 milliard AQSh dollaridan oshgan. Yurtimizda mazkur mamlakat kapitali ishtirokida 461 korxona foaliyat yurtitmoqda. 

Mazkur korxonalar neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, qazish, mashinasozlik, elektrotexnika hamda to‘qimachilik sohalarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika hamda turizm yo‘nalishlarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.