SHHT TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI MAJLISI TO‘G‘RISIDA

SHHT TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI MAJLISI TO‘G‘RISIDA

2017-yilning 20-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etdi.

ShHTning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Sammitidan keyingi birinchi majlis Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi raisligida o‘tkazildi va unda tashqi siyosat idoralari rahbarlari Sushma Svaraj (Hindiston), Havaja Mohamad Asif (Pokiston), Erlan Abdildayev (Qirg‘iziston), Kayrat Abdraxmanov (Qozog‘iston), Sergey Lavrov (Rossiya), Sirojiddin Aslov (Tojikiston) va Abdulaziz Kamilov (O‘zbekiston) ishtirok etdi. Majlis davomida ShHTni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari Hindiston va Pokistonning tashkilotga teng huquqli a’zo sifatida qo‘shilishlari nuqtayi nazaridan muhokama qilindi va xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlar ShHTning BMT va boshqa ko‘p tomonlama tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini ham ko‘rib chiqdilar.

Majlis yakunlariga ko‘ra Kengashning axboroti va tashkilotning joriy faoliyatiga doir masalalar yuzasidan qator qarorlari qabul qilindi.