Tojikiston Elchisi bilan uchrashuv

TOJIKISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV

2016-yilning 24-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining dolzarb masalalari, jumladan bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.