HINDISTON PREZIDENTIGA MAKTUB

HINDISTON PREZIDENTIGA MAKTUB

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtati Kanpur shahrida yuz bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Pranab Kumar Mukerjiga maktub yo‘lladi, deb xabar beradi O'zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.

 

Davlatimiz rahbari chuqur ta’ziya izhor etib, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga samimiy hamdardlik tuyg‘ularini yetkazib qo‘yishni so‘radi.