YAPONIYA DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

YAPONIYA DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

2016-yilning 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi deputati, O‘zbekistondagi sobiq Elchi Kyoko Nakayama, Parlament quyi palatasi deputati Hajime Sasaki, “Nippon Budokan” sport federatsiyalari assotsiatsiyasi ijrochi raisi, sobiq deputat va ta’lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnologiyalar vaziri, Nariaki Nakayamadan iborat delegatsiyani qabul qildi, deb xabar beradi O'zbekiston Tashqi siyosat mahkamasi matbuot xizmati.

Yaponiya delegatsiyasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.

TIVda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida O‘zbekiston-Yaponiya kun tartibining ayrim masalalari, jumladan ikki tomonlama hamkorlik huquqiy asosining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Yaponiya Elchisi Nobuaki Ito ishtirok etdi.