YXHT DIIHB DIREKTORI BILAN UCHRASHUV

YXHT DIIHB DIREKTORI BILAN UCHRASHUV

2017-yilning 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori Mihael Georg Linkni qabul qildi. U YXHT DIIHBning mamlakatimizga tashrif buyurgan delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.

%D0%91%D0%94%D0%98%D0%9F%D0%A7%20%D0%9E% 

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va YXHT DIIHB o‘rtasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, o‘tgan yili navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovini monitoring qilish uchun tarkibida uzoq muddatli va qisqa muddatli kuzatuvchilari bo‘lgan DIIHBning to‘liq delegatsiyasi ishtirok etdi. Missiya uchun barcha sharoitlar yaratilib, saylov jarayonini to‘liq kuzatish uchun ularga barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va saylov uchastkalarida bo‘lish imkoni yaratildi.

O‘zbekiston saylov tizimini mustahkamlash va mukammallashtirish masalalarida hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda konstruktiv hamkorlikni davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligini tasdiqlandi.

Uchrashuvda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon S.MakGregor ishtirok etdi.

Anvar Ilyosov olgan surat