«Navro’z - Sharq xalqlari birdamligi va madaniyatining azaliy ramzi»

«NAVRO’Z - SHARQ XALQLARI BIRDAMLIGI VA MADANIYATINING AZALIY RAMZI»

Umumxalq Navro’z bayrami arafasida Afg’oniston shimoliy viloyatlari jamoatchiligi va siyosiy doiralari vakillari O’zbekiston xalqiga o’zlarining samimiy tilaklarini yo’lladilar.

Afg’oniston Islom Respublikasi Balx viloyati fuqarolik jamiyati institutlari ittifoqi boshqaruv hay'atining a'zosi va “Xat-ye-nav” ijtimoiy tashkiloti raisi Muhammad Qodir Misboh:

- Yangi hijriy-shamsiy 1396 yilning kirib kelishi hamda ikki xalq ijtimoiy-madaniy merosi hisoblanadigan go’zal Navro’z bayrami munosabati bilan do’st va birodar O’zbekiston xalqini chin dildan tabriklayman.

Yangi yilda ikki davlat xalqiga osudalik, baxtiyorlik va farovonlik hamda mamlakatlarimiz o’rtasida davom etib kelayotgan do’stlik va nekbin munosabatlar yanada rivojlanishini tilayman.

Balx Davlat universiteti katta o’qituvchisi Muhammad Sodiq Usyon:

- Qadimiy va shukuhli an'ana, Sharq xalqlarining birdamligi va madaniyatining azaliy ramzi hamda shodlik va farovonlik bayrami Navro’zi olam nafaqat mintaqa mamlakatlari xalqlari tomonidan nishonlanadi, balki jahon miqyosida bashariyatning qadimiy madaniy merosi sifatida ham e'tirof etiladi.

Ushbu shukuhli damlarda do’st O’zbekiston va uning  yuksak madaniyatli  xalqini Navro’z  bayrami  bilan tabriklayman.

Balx viloyati "Top Way" transport kompaniyasi raisi, shoir Muhammad Shafiq:

- Navro’z bayrami kirib kelishi munosabati bilan do’st va qo’shni davlat - O’zbekiston Respublikasi xalqini samimiy muborakbod etaman.

Shubha yo’qki, qadim zamonlardan beri xalqlarimiz Navro’z bayramini nishonlab kelgan. Bugungi kunda u yanada sevimli bayramga aylangan.

Hozirgi paytda Afg’oniston va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar madaniyat, iqtisodiyot, savdo va ijtimoiy sohalarni keng qamrab olgan. Afg’oniston xalqi O’zbekistonni yaqin do’st va yaxshi qo’shni sifatida biladi.

«Jahon» AA,

Mazori Sharif