Jon MakGregorni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Oʻzbekiston bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti oʻrtasidagi koʻpqirrali oʻzaro samarali hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyot, ekologiya, qonun ustuvorligini mustahkamlash va xavfsizlik sohalaridagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qoʻshgan katta hissasi, Oʻzbekiston Respublikasining global va mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan tinchlik, barqarorlik va qatʼiy oʻsishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon MakGregor “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2019-yil 29-avgust