O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2022-yil 4-avgust kuni Ozarbayjon Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasiga g'arazli maqsadda uyushtirilgan hujumni qat'iy qoralaydi.
Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarni mutlaqo qabul qilib boʻlmaydi, deb hisoblaymiz.
Hodisani har tomonlama tekshirish va barcha aloqadorlarni javobgarlikka tortishga chaqiramiz.
O‘zbekiston tomoni qardosh Ozarbayjonni xorijdagi fuqarolarining xavfsizligi va himoyasini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.