“Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (944-son, 23.11.2019-y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq, 2019-yil dekabr oyidan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlarining tajriba loyihasini amalga oshirishda ixtiyoriy ishtiroki ularning majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash hamda davlat tilida markirovka qilish tartiblariga rioya etishdan ozod etmaydi.
2019-yil dekabrdan sigaretlar va alkogol mahsulotlari identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar roʻyxatiga kiritildi.
Shuningdek qaror bilan, Sigaretlarni markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtincha nizom va Alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida vaqtincha nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali