Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida
2023-yil 27-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.
B.Saidov Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi Elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgani munosabati bilan Ozarbayjon tomoniga chuqur hamdardlik izhor etdi.
Ushbu hodisa sinchkovlik bilan oʻrganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortilishiga umid bildirildi.