Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
Hamyurtlarimizdan 2020-yil 1-fevraldan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilganiga doir ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Xitoy tomoni bilan charter reyslar tashkillashtirish masalasi ustida ish ketayotganini ma’lum qiladi.
Charter reyslar maqsadi xizmat safari va ta’lim olish maqsadida Xitoy hududida (jumladan Uhan shahrida) bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishdan iborat.
O‘zbekistonning Pekin shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga binoan 1-fevral holatiga ko‘ra Uhan shahrida 81 nafar yurtdoshimiz bor. Ular bilan telefon orqali aloqa o‘rnatilgan hamda “WeChat” ijtimoiy tarmog‘i («Wuhan 2020 Uzbekistan», «Embassy of Uzbekistan» и «Uzbekistan students №1» guruhlari) orqali muloqot amalga oshirilmoqda.
Pekin shahridan Toshkent shahriga Charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari aeroportning 2-terminaldan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston fuqarolaridan 3-fevral kuni Pekin shahriga kelishlarini so‘raymiz. Boshqa reyslar sanasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.
Elchixona Xitoy hududida bo‘lib turgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan hamyurtlarimizga har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha tezkor Shtab faoliyat ko‘rsatayotganini ma’lum qiladi.
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar
O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi Elchixonasi konsullik bo‘limi |
Aziz Xilvatov +86 138 1120 4471 Bobur Yaxyayev +86 135 1102 4242 |
O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi Elchixonasi xodimlari |
Nodir Nurmatov +86 158 1047 7270 Shuxrat Umirov + 86 139 1175 4476 Rustam Nazarov +86 138 0122 1452 Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040 Mansur Ibragimov +86 135 5220 7848 Sardor Sirojov +86 186 1812 9040 Avaz Kamalov +86 178 1070 2707 |
Tashqi ishlar vazirligi |
+998 71-233-69-46 Call-center: 1164 |