O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish
O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish tartibi
O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (sertifikat) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan chet elda vaqtincha yashayotgan va O‘zbekistonda doimiy ro‘xatda turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga quyidagi holatlarda beriladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo’qotgan, hujjati yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan, hujjatning varaqlari tugagan, avval passport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolarga.
Sertifikatni olish uchun arizachi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligininig consulate.mfa.uz interaktiv Konsullik hizmati portali orqali shaxsni tasdiqlash haqidagi so‘rovnoma – arizasini to‘ldirilib, ushu arizaga elektron fotosurat biriktiriladi va ikki nushada chop etiladi.
Sertifikatni olish uchun arizachi Elchixonaga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
- qog‘ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo‘yilgan, bar-kodli ko‘rsatilgan elektron so‘rovnoma – ariza (2 nusxada);
- 2 dona rangli fotosurat (3,5х4,5см);
- muddati o‘tgan, yaroqsiz holga kelgan, viza varaqlari tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo’qolganda – yo’qolgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotnoma nusxasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo’qolganligi haqida vaqtincha yashayotgan joydagi vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi (imkoniyat darajasida);
- avval passport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar uchun – ularning tog‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining pasportlaridan nusxa;
- konsullik to‘lovlari to’langanligi to’g’risida hujjat.
Arizachiga sertifikat O‘zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan uning shaxsi tasdiqlangandan so‘ng beriladi.
Sertifikat bir oydan, alohida vaziyatlarda (kasalligi tufayli, hibsda saqlanayotgan xolda, yashayotgan davlatda kosullik muassasalari bolmagan taqdirda) uch oy muddatga beriladi. Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.
Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi. Sertifikatga bolalar to’grisidagi ma’lumotlar yozilmaydi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yaroqsiz holga kelgan, muddati o‘tgan va viza varaqlari tugagan holda mazkur hujjat Konsullik muassasasiga topshirishi lozim.
Arizachi O‘bekistonga kelgandan so‘ng 10 kundan kech bo‘lmagan muddat ichida Sertifikatni doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga pasport olish uchun topshirishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun 60 AQSh dollari miqdorida to‘lanadi.
Bunda 16 yoshga to‘lmagan bolalar konsullik to‘lovlaridan ozod etiladi va faqatqina ma`muriy yig`im 10 AQSh dollari to`lanadi.
Quyidagi holatlar arizachiga Sertifikat berish rad etilishi mumkin:
- o‘zi yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatning yo‘qolganligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar bersa;
- taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlat belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlar yetarli emas, so‘rovnoma – arizasidagi ma’lumotlar aniq va to‘liq emas).
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun +48 22 894 62 30 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.