Рақамли брошюралар ва ахборот бюллетенлари
O'zbekistonning investitsiya bo'yicha qo'llanmasi
Yuridik shaxslar uchun litsenziya olish
Yuridik shaxslar uchun litsenziya olish
O‘zbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunining 14-moddasida litsenziya olish uchun kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati keltirilgan.
Litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari tegishli litsenziyalovchi organga quyidagilarn…
Litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari tegishli litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
-
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza — unda: yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisobvarag‘i raqami; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning maʼlumotlari; yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‘ljallagan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi), shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda faoliyatning mazkur turi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya daʼvogarining elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin;
-
litsenziyalovchi organ litsenziya daʼvogarining arizasini ko‘rib chiqishi uchun litsenziya daʼvogari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yig‘im to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat;
-
faoliyatning ayrim turiga litsenziya olish uchun qo‘yiladigan talablar va shartlarni litsenziya daʼvogari bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa hujjatlar.
-
Litsenziya daʼvogaridan ushbu Qonunda hamda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi o‘zga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar litsenziya daʼvogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziya daʼvogarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya daʼvogarining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligidir.
Litsenziya olish uchun tegishli litsenziyalovchi organga yuborilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinib, ro‘yxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).
Noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziya daʼvogari qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Litsenziyalovchi organ faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashi uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash soddalashtirilgan tartibda «bir darcha» prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda litsenziyalovchi organ mazkur hujjatlarni mustaqil ravishda, tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz oladi.
(14(1)-modda. Faoliyatning ayrim turlarini «bir darcha» prinsipi bo‘yicha litsenziyalash)
Salohiyatli xorijiy investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar
Salohiyatli xorijiy investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar
O‘zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
-
chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari;
-
davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar;
-
chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
-
chet davlat fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari kiritish shakllari
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari kiritish shakllari
-
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
-
chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
-
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish;
-
intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
-
konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;
-
savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari obyektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali.
-
shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Investitsiya kiritish shakl va jarayonlarini o‘zgartirish
Xorijiy investitsiyalar birinchi martta yoki takroran amalga oshirilayotgan shakllarni o‘zgartirish ularning investitsiya sifatidagi malakasini o‘zgartirishga olib kelmaydi.
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar
XSKga quyidagi shartlarga javob beruvchi yangi tashkil etilayotgan korxonalar kiradi:
— korxona Nizom jamg‘armasi 150 ming AQSH dollaridan kam bo‘lmasligi kerak;
— korxona qatnashchilaridan biri chet ellik yuridik shaxs bo‘lishi shart;
— ustav jamg‘armasining kamida 30 foizini chet el investitsiyalari tashkil etishi kerak.
XSKni tashkil etishda tashkiliy-huquqiy cheklovlar
XSKni tashkil etishda tashkiliy-huquqiy cheklovlar
— O‘zbekistonda XSKni tashkil etishda hech qanday tashkiliy-huquqiy cheklovlar belgilanmagan.
Ular xo‘jalik (to‘liq yoki kommandit) shirkati, cheklangan va qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyat, (ochiq va yopiq) aksiyadorlik jamiyati, shoʻba, unitar korxona shaklida va qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Chet ellik investorlarning huquqlari
Chet ellik investorlarning huquqlari
Chet ellik investor quyidagi huquqlarga ega:
-
investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo‘nalishlarini mustaqil belgilash;
-
investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
-
o‘zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o‘zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;
-
O‘zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o‘ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O‘zbekiston Respublikasida patentlashtirish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
-
investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish);
-
O‘zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag‘lari jalb etish;
-
o‘z hisobvarag‘idagi milliy valyuta mablag‘laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
-
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;
-
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o‘ziga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo‘yicha taʼmin sifatida foydalanish;
-
o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
-
davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.
O‘zbekiston Respublikasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlari yoki hududlar kesimida investitsiya kiritish uchun qandaydir cheklovlar belgilanmagan.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliqqa tortis…
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliqqa tortish tartibi
— O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.
Xuddi shunday vaziyat xorijiy yuridik shaxslarni soliqqa tortishda ham yuzaga keladi. Shunday qilib, O‘zbekistonda taʼsis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan, bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan yuridik shaxslarga O‘zbekiston hududidagi manbalardan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi.
Chet ellik jismoniy va yuridik shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin, basharti tegishli chet davlatda ham O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga nisbatan xuddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lsa.
— O‘zbekiston Respublikasidagi chet ellik investorlarning xorijiy sarmoyalari va boshqa aktivlari “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan himoya qilinadi va milliylashtirilmaydi.
Chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan huquqiy institu…
Chet ellik investorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan huquqiy institutlar
— 2007 yil 1 yanvaridan respublikada hakamlik sudlarini tashkil qilish, ularning muntazam va vaqtincha faoliyat yurituvchi turlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilgan «Hakamlik sudlari to‘g‘risida» gi Qonun kuchga kirdi. Shu tariqa, hozirgi vaqtda xorijiy sarmoyadorlarning huquqlari va faoliyati kafolatlarini himoya qilishning mavjud vositalari bilan bir qatorda tomonlar kelishuvi bilan respublika hududida ikki tomon manfaatini ko‘zlaydigan mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda hakamlik sudlari tashkil etilishi mumkin.
Shu bilan birga, Adliya vazirligiga xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi krxonalar huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash bo‘yicha vazifalar yuklatilgan. Shu maqsadda Adliya vazirligi tuzilmasida Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi tashkil etildi.
Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq va bojxo…
Xorijiy sarmoyadorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda
— O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxonalar uchun belgilab qo‘yilgan bojxona va soliq imtiyozlari bilan bir qatorda to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan quyidagi iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari uchun qator imtiyozlar mavjud:
-
Radioelektron sanoat buyumlari va kompyuter hamda hisoblash texnikalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish.
-
Yengil sanoat:
-
Ipakchilik sanoati:
-
Qurilish materiallari sanoati:
-
Parranda go‘shti va tuxum yetishtirish.
-
Oziq-ovqat sanoati:
-
Sut-go‘sht mahsulotlari sanoati:
-
Kimyo-farmatsevtika sanoati:
Ushbu korxonalar asosiy faoliyati bo‘yicha daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirishdan olinadigan soliq, ekologiya solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq, shuningdek Respublika yo‘l fondiga majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod etiladi.
Qayd etilgan soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy xorijiy sarmoyalar quyidagi hajmda jalb etilganda taqdim etiladi:
— 300 ming AQSH dollaridan 3 mln. dollargacha — 3 yil muddatga;
— 3 mln. AQSH dollardan 10 mln. dollargacha — 5 yil muddatga;
— 10 mln. AQSH dollaridan ortiq — 7 yil muddatga.
Bunda qayd etilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlarda taqdim etiladi:
— yuqorida qayd etilgan korxonalarni mehnat ko‘p hududlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari qishloq aholi punktlarida joylashtirish;
— xorijiy sarmoyadorlar tomonidan shaxsiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini taqdim etmagan holda amalga oshirish;
— xorijiy ishtirokchilarning korxona Ustav kapitalidagi hissasi 50 foizdan kam bo‘lmasligi kerak;
— qayd etilgan korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng shaxsiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar kiritish;
— xorijiy sarmoyalarni erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna ko‘rinishida kiritish;
— ushbu imtiyozlar taqdim etilishi natijasida olingan daromadni ulardan foydalanish muddati davomida korxonani yana-da rivojlantirish uchun qayta sarmoya kiritishga yo‘naltirish.
Bundan tashqari, 2003 yil 1 iyulidan 2009 yil 1 yanvariga qadar “O‘zbekengilsanoat” DAK xorijiy investitsiyaoar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari (tayyor kiyimlar (tikuvchilik, to‘qimachilik va teri mahsulotlari), paypoq va poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hozirgi “O‘zengilsanoat” uyushmasi) byudjetga barcha turdagi soliq va yig‘imlar to‘lashdan ozod etiladi, qo‘shimcha qiymat solig‘i bundan mustasno.
— Baʼzi hollarda tuzilayotgan sarmoya shartnomalari asosida xorijiy sarmoyadorlarga qo‘shimcha kafolatlar va qo‘yidagi tarmoqlarga sarmoya kiritishda huquqlarni himoya qilishga doir chora-tadbilar taqdim etilishi mumkin:
— barqaror iqtisodiy o‘sish, mamlakat iqtisodiyotining progressiv tarkibiy o‘zgarishlarini taʼminlovchi ustuvor tarmoqlar;
— respublika eksport salohiyatini mustahkamlash va kengaytirish, uning dunyoning xo‘jalik faoliyatiga integratsiyasini taʼminlovchi ustuvor loyihalar;
— Xom-ashyo va materiallarni qayta ishlash, isteʼmol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarish, aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan kichik va o‘rta tadbirkorlik sohalaridagi loyihalar.
Xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan qo‘shimcha kafolatlar va himoya choralari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlar taqdim etilishi, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda yordam ko‘rsatish, maxsus soliq va to‘lov rejimini yaratish, loyihalarni amalga oshirish ustidan davlat monitoringini o‘tkazish va qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar.
Qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lish uchun xorijiy sarmoyadorlar (xorijiy investitsiyalar i…
Qo‘shimcha imtiyozlarga ega bo‘lish uchun xorijiy sarmoyadorlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar) ga qo‘yiladigan talablar
— O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan xorijiy sarmoyadorga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va himoya choralariga qo‘shimcha (imtiyoz va preferensiyalar) taqdim etish uchun majburiy tartibda sarmoya shartnomasi tuziladi.
Sarmoya shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi timsolida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va xorijiy sarmoyador (sarmoyadorlar) o‘rtasida tuziladi.
Sarmoya shartnomasini tayyorlash uchun xorijiy sarmoyador O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-
sarmoya shartnomasi loyihasi;
-
qonunchilik bilan belgilangan hollarda mutassaddi organlarda ekspertiza o‘tgan texnik-iqtisodiy dalillar (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) asosida amalga oshirilgan asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
-
Adliya vazirligi xulosasi — sarmoya shartnomasi loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish sohasida;
-
xorijiy sarmoyadorlar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar)ga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va himoya choralariga qo‘shimcha ravishda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish sohasida Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi xulosalari.
Xorijiy sarmoyador sarmoya shartnomasida o‘rnatilgan tartib va muddatda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga zimma olingan majburiyatlar ijrosi bo‘yicha hisobotlar taqdim etadi.
Xorijiy sarmoyadorlarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishiga ruxsat berish
Xorijiy sarmoyadorlarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishiga ruxsat berish
— Xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga doir ishlarni har tomonlama kuchaytirish mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Hozirgi vaqtda respublikamiz iqtisodiyotda xususiy mulk rolini oshirish, davlatning xo‘jalik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi hissasini keskin kamaytirish, korxonalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga qaratilgan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yana-da chuqurlashtirish yo‘lidan ketmoqda. Bundan tashqari, sarmoyadorlar tomonidan sarmoya majburiyatlarini olgan holda joylashtirilmagan davlat aktivlarini nol qiymatda sotib olish imkoni mavjud. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonlariga oid barcha maʼlumotlarni davaktiv.uz saytidan topish mumkin.
Xorijiy sarmoyadorlarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishiga ruxsat berish
Xorijiy sarmoyadorlarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishiga ruxsat berish
— Xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga doir ishlarni har tomonlama kuchaytirish mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Hozirgi vaqtda respublikamiz iqtisodiyotda xususiy mulk rolini oshirish, davlatning xo‘jalik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi hissasini keskin kamaytirish, korxonalarni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga qaratilgan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yana-da chuqurlashtirish yo‘lidan ketmoqda. Bundan tashqari, sarmoyadorlar tomonidan sarmoya majburiyatlarini olgan holda joylashtirilmagan davlat aktivlarini nol qiymatda sotib olish imkoni mavjud. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonlariga oid barcha maʼlumotlarni gki.uz saytidan topish mumkin.
So‘mdagi mablag‘larni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha cheklovlar haqida ma…
So‘mdagi mablag‘larni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha cheklovlar haqida maʼlumot va uning daromadni repatriatsiya qilishga taʼsiri
— Respublika valyuta balansini mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda maʼlum vaqt so‘mdagi mablag‘larni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish bo‘yicha cheklovlar mavjud edi. Sarmoyadorning O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta investitsiya qilinishi yoki xorijiy sarmoyador xohishiga qarab boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston Respublikasiga pul mablag‘larini xorijiy valyutada erkin o‘tkazish va undan hech qanday cheklovlarsiz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash sharti bilan foydalanish kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan “Xorijiy sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish kafolatlari va chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10 moddasiga izoh berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi:
— Konstituutsiya va qonunlar, shuningdek xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari ustuvorligini tan olgan holda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy bahslarining huquq doirasida hal etilishi tarafdori.
Qonunning birinchi bo‘limi 10-moddasida keltirilgan «Agar tomonlar kelishilgan qarorga kela olmasalar, bundan nizo O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qo‘shilgan investitsiyaviy baxslarni xal qilish uchun xalqaro shartnomalar (bitimlar, konventsiyalar) qoydalari va tartiblariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi xojalik sudida yoki xakamlik sudida xal qilinadi» undan foydalanish xalqaro shartnomalar qoida va tartib-taomillariga rioya qilish talab etishini belgilab beruvchi qoida hisoblanadi va o‘z-o‘zidan respublikaning har qanday bahsni maʼlum bir arbitraj organiga o‘tkazilishiga roziligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etmaydi.
Odatda, bahs tomonlarining uni bahslarni hal qiluvchi maʼlum bir organga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishga roziligi sarmoya shartnomasiga qo‘shimcha arbitraj eslatma shaklida yoki bahs tomonlari o‘rtasida tuzilgan alohida bitim bilan izohlanishi darkor.
Shu yo‘sinda, Konstitutsiyaviy sud qaroriga xorijiy sarmoyadorlar huquqlari kamsitilishi sifatida qaralmasligi kerak va ushbu masalaga konstruktiv va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari doirasida har bir tomonning huquq va majburiyatlarini hurmat qilgan holda yondashish talab etiladi.
Qonunchilik o‘zgargan taqdirda xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan kafolatlar
Qonunchilik o‘zgargan taqdirda xorijiy sarmoyadorlarga taqdim etiladigan kafolatlar
— Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsion faoliyat olib borayotgan xorijiy sarmoyadorlar huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunchiligi investitsiya kiritish sharoitlarini og‘irlashtirsa, xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan investitsiya kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil davomida investitsiya kiritilgan muddatda amal qilgan qonunchilik qo‘llaniladi. Xorijiy sarmoyador o‘z xohishiga qarab yangi qonunchilikning investitsiya kiritish sharoitlarini yaxshilovchi qoidalaridan foydalanish huquqigaa ega. Bunda investitsiya kiritish sharoitlarini og‘irlashtiruvchi jihatlar qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek quyidagilarni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi hisoblanadi:
— xorijiy sarmoyadorlarga to‘lanadigan dividendlar shaklidagi daromadlar solig‘i hajmi (stavka)ni oshirish;
— repatriatsiya bilan bog‘liq tartib-taomillarni murakkablashtiruvchi yoki xorijiy sarmoyadorlarning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga o‘tkazilayotgan daromadlari (foyda) hajmini kamaytiruvchi qo‘shimcha talablarni kiritish, Xorijiy investorning mablag‘larini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning tonlovga layoqatsizligi va bankrotligi yoki kreditorlarning xuquqlarini ximoya qilish, jinoiy yoki mamuriy xuquqbuzarliklarni sodir etish xollari bo‘yicha xorijiy investorning mablag‘larini qaytarish vakolatli davlat organi tomonidan chet ellik investorning mablag‘larini to‘xtatib turish xollari bundan mustasno yoki chet el investorining bundan repatriatsiya sud yoki arbitraj qaroriga binoan;
— investitsiya kiritish hajmiga doir miqdor cheklovlari va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga xorijiy investitsiyalarning minimal hajmini oshirish shaklidagi investitsiya hajmiga doir boshqa qo‘shimcha talablar kiritish;
— xorijiy sarmoyadorning korxonalar ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)da hissali qatnashishi bo‘yicha cheklovlar kiritish;
— xorijiy investorlar – jismoniy shaxslar uchun vizalar rasmiylashtirish va ular muddatini uzaytirish bilan bog‘liq tartib-taomillar, shuningdek chet el investitsiyalari kiritish bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablarni kiritish.
QK va XK ni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida maʼlumot
QK va XK ni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida maʼlumot
O‘zbekistonda xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:
Ustav fondi miqdori kamida 400 000 000 mln so‘m ( qariyb 40 000 AQSH dollar) bo‘lishi
Umumiy ustav fondi miqdorida xorijiy yuridik shaxs ulushi kamida 15% ni tashkil etishi.
Xorijiy sarmoyador ishtirokida korxona tashkil etish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirilishi zarur:
— muassis hujjatlari paketini ishlab chiqish yoki amaldagi korxona hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish (agarda investitsiya amaldagi korxonaga jalb qilinayotgan bo‘lsa).
— firma nomini zahiraga olib qo‘yish.
— muassis hujjatlarining notarial ishonchnomasi.
— Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi (qayta o‘tganligi).
— Asosiy muhr va burchak shtampni tayyorlash (agar talab etilsa).
— Bank xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish va bank hisob raqamlarini ochish (endi tuzilayotgan korxonalar uchun)
Muassis hujjatlari muassislarning o‘zi yoki ular bilan shartnoma tuzgan uchinchi shaxslar (maslahat markazlari, yuridik firmalar va h.z )tomonidan tayyorlanshi mumkin. Savdo-sanoat palatasining yaqinda joylashgan bo‘linmasiga murojaat etsa ham bo‘ladi. Bunda palata mutaxassislari shartnoma asosida kerakli hujjatlarni ishlab chiqadi. Muassislar Adliya vazirigining http://www.minjust.uz/ru/interactive/documents/ rasmiy saytida joylashtirilgan muassis hujjatlarining namunaviy shakllaridan foydalanishlari mumkin.
Xorijiy sarmoyador ishtirokida yangi tuzilgan korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng yuridik shaxs maqomi va faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tashkil etilayotgan korxona maqomi (PII ili UIK)ga bog‘liq emas, u va bu turdagi korxonalar tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Yagona markazlar tomonidan “yagona darcha” tamoyili aosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
“Yagona darcha” markaziga Muassis – yuridik shaxsning joylashgan manzili yoki muassis – jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili bo‘yicha murojaat qilish lozim. 2017 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish Internet orqali Interfaol davlat xizmatlari yagona portaligi integratsiyalashtirilgan tadbirkorlik subyektlarini avtomatlashgan ro‘yxatga olish tizimi yordamida amalga oshirish mumkin.
Хорижий капитал иштирокидаги корхоналарни давлат рўйхатидан ўтказиш учун зарур бўладиган ҳ…
Хорижий капитал иштирокидаги корхоналарни давлат рўйхатидан ўтказиш учун зарур бўладиган ҳужжатлар
Ариза (Интернет орқали рўйхатдан ўтказилаётган электрон талаб).
— Муассис ҳужжатларининг давлат тилидаги асл нусхаси (битта нусхада)
— Белгиланган давлат тўловини тўлаганлик ҳақидаги тўлов ҳужжатининг нусхаси.
— Интернет орқали рўйхатдан ўтказилганда: Ўзбек томонидаги ҳар бир таъсисчининг муассислар таркибига кираётгани ҳақидаги розилиги (e-mail бўйича тасдиқлаш).
— Интернет орқали рўйхатдан ўтказилганда: заверение запроса ЭЦП всех иностранных учредителей.
—ўзи келган ҳолда давлат рўйхатидан ўтказиш: агар ҳужжатлар муассиснинг вакили орқали тақдим этилаётган бўлса, (хорижий сармоядорлар учун – давлат тилига таржима қилинган ва қонунийлаштирилган) ишонч қоғози.
Муассислари таркибида Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ҳисобланмаган шахслар кўрсатилган хорижий инвестициялар иштирокидаги корхоналар, хорижий капитал иштирокидаги корхоналар, бошқа юридик шахсларнинг автоматлашга давлат рўйхатидан ўтиш тизими орвали юбориладиган талабларга кўрсатилган шахсларнинг мажбурий тартибда электрон рақамли имзоси қўйилади.
Корхоналар давлат рўйхатидан ўтганидан сўнг, банк муассасаларида мустақил равишда ҳисоб-китоб ва бошқа ҳисобларни очади. Банкга раҳбар ва бош ҳисобчининг имзо намуналари ҳамда муҳр изи (при ее наличии) га эга карточка тақдим этилиши лозим.
Ўзбекистон Республикасида банк ҳисоб рақамини очиш тартиби
Ўзбекистон Республикасида банк ҳисоб рақамини очиш тартиби
Марказий Банк Бошқавувининг қарорига мувофиқ (24.03.2017й № 1948-12 рўйх олинг.), Ўзбекистон Республикаси банкларида очиладиган банк ҳисоб рақамлари инструкциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритилди. Бу Вазирлар Маҳкамасининг 9.02.2017 й № 66-сонли «Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тадбиркорлик субъектларини давлат рўйхатидан ўтказиш ва ҳисобга қўйиш тизимини такомиллаштириш тўғрисида” 2016 йил 28 октябрдаги ПҚ-2646-сон қарорини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорига мувофиқ бажарилди.
Энди улгуржи савдо корхоналари асосий ва иккиламчи ҳисоб рақамни очиш учун исталган банкни танлаши мумкин.
Тадбиркорлик фаолияти субъектлари бўлган юридик шахслар – резидентлар ҳисоб рақами очиш учун банкка давлат рўйхатидан ўтганлик ҳақидаги гувоҳнома нусхаси ҳамда муассис ҳужжатлари ()нотариал тасдиқланган нусхалари)нинг нусхаларини тақдим этиши шарт эмас. Банклар ушбу маълумотларни “Тадбиркорлик субъектларини давлат рўйхатидан ўтказиш ва қайд этиш бўйича автоматлашган тизим” орқали олади.
Ҳисоб рақамини очиш ҳақидаги аризага муҳр у мавжуд бўлганда қўйилади.
Тадбиркорлик фаолияти субъектлари, якка тартибдаги тадбиркорлар ҳамда деҳқон хўжаликлари бўлган юридик шахслар – резидентлари миллий валютада йўқлаб олинадиган депозит ҳисоб рақамларини очиш учун банкга қуйидаги ҳужжатлар тақдим этилади:
а) ўрнатилган шакл бўйича ҳисоб рақами очиш тўғрисида ариза;
б) Хориждан тижорат фаолияти учун мўлжалланган товарларни олиб кирадиган якка тартибдаги тадбиркорлар – тижорат фаолияти учун мўлжалланган товарларни олиб кираётган якка тартибдаги тадбиркорларни давлат рўйхатидан ўтказилганлик тўғрисида яшаш жойи бўйича солиқ хизмати органи томонидан берилган гувоҳноманинг нусхаси
в) давлат рўйхатидан ўтказилганлик ҳақидаги гувоҳнома нусхаси;
г) белгиланган шаклдаги муҳр изи ва имзолар намуналари қўйилган нотариал тасдиқланган варақчалар икки нусхада;
д) тадбиркорлик фаолияти субъекти бўлмаган резидент юридик шахслар томонидан таъсис ҳужжатлари (таъсис шартномаси, устав) ҳамда уларга киритилган ўзгартириш ва қўшимчаларнинг нотариал тасдиқланган нусхаси;
е) юридик шахс номидан пул-ҳисоб-китоб ҳужжатларини имзолаш ваколатига эга шахснинг шахсини тасдиқловчи ҳужжати (паспорт ёки уни ўрнини босадиган ҳужжат). Нусха шахсни тасдиқловчи ҳужжат тақдим этилганидан сўнг банк томонидан қабул қилинади. Батафсил: https://www.norma.uz/novoe_v_zakonodatelstve/dlya_otkritiya_scheta_v_banke_uchreditalniye_dokumenty_ne_nujny
Ўзбекистонда бизнес юритиш учун амалга оширилаётган ислоҳотлар
Ўзбекистонда бизнес юритиш учун амалга оширилаётган ислоҳотлар
Ўзбекистон “Мулкни рўйхатдан ўтказиш”, “Миноритар сармоядорларни ҳимоя қилиш” ва “Солиққа тортиш” каби соҳаларда 3 та ислоҳотни амалга оширган ҳолда, 2017 йилда Жаҳон Банкининг Doing Business рейтингида 87 ўринни эгаллади. Мамлакат маълумотлар ошкоралигини кучайтириш ҳисобига мулкка эгалик қилиш ҳуқуқини беришни соддалаштирди, мулкка эгалик қилиш ва назорат тузилмаларини ойдинлаштириш орқали миноритар сармоядорлар муҳофазасини кучайтирирди ва ниҳоят иш берувчилар учун ижтимоий тўловлар ягона қиймати ҳамда корхоналарнинг даромад солиғи қийматларини камайтириш ҳисобига солиқ тўловлари билан боғлиқ бўлга ҳаражатларни қисқартирди.
Айни пайтда, ҳисоботдаги маълумотларга кўра, Марказий Осиё мамлакатларида сўнгги йилларда “Бизнес юритиш” лойиҳаси ўрганаётган соҳаларда олиб борилаётган фаол ислоҳотларга қарамасдан, “Электр таъминоти тизимига уланиш”, “Халқаро савдо” ва “Солиққа тортиш” каби кўрсатгичларни яхшилаш имкониятлари мавжуд.
Ўзбекистон Республикаси иқтисодиётини ўстиришнинг инновацион услублари
Ўзбекистон Республикаси иқтисодиётини ўстиришнинг инновацион услублари
Ўзбекистон Республикаси иқтисодиётини инновацион ўстирадиган локомативлар улкан ишлаб чиқариш-техник салоҳиятга эга, бу ерда малакали кадрлар ишлашади, экспорт маҳсулотларининг асосий қисми уларда ишлаб чиқарилади ҳамда уларда импорт ўрнини босувчи маҳсулот ишлаб чиқаришни ривожлантириш учун яхши шарт-шароитлар мавжуд. Улар орасига «Ўзбекнефтегаз» Миллий холдинг компанияси, «Навоий кон-металлургия комбинати» АЖ, «Олмалиқ кон-металлургия комбинати» АЖ, «Ўзбекистан темир йуллари» АЖ, «Ўзбекистон ҳаво йуллари» МАК, «Ўзавтосаноат» АЖ, «Ўзкимёсаноат» АЖ, «Ўзбекэнерго» АЖ ва бошқа шу каби йирик корпоратив корхоналарни киритиш мумкин.
Юксак тараққий этган давлатлар (Канада, Хитой, Жанубий Корея, Сингапур) тажрибаси шуни кўрсатдики, ўз вақтида муаллақ давлат инвестиция сиёсатини шакллантириш ва миллий иқтисодиётдаги энг асосий корхоналарни молиявий қўллаб-қувватлайдиган самарали механизмларини яратиш муваффақиятга эришишнинг муҳим шартларидан бири ҳисобланади. Бу ерда миллий иқтисодиётни модернизация қилиш бўйича йирик даражадаги миллий, тармоқ ва ҳудудий лойиҳаларни амалга оширишда иштирок этадиган турли тоифадаги хорижий ва ички сармоядорлар учун самарали рағбатларни яратишга йўналтирилган бюджет, солиқ, пул-кредит ва бошқа сиёсат турлари ислоҳ қилинди. Халқаро молия институтлари қарзлари ва кредитлари, йирик хорижий институционал сармоядорларнинг инвестициявий ва венчур жамғармалари номидаги пул маблағлари ушбу мамлакатларда шакллантирилган энг асосий корхоналарни инновацион ривожлантириш дастурларини молиялаштириш механизмининг муҳим воситалари бўлди.
Бироқ, энг муҳим компанияларнинг молиялаштиришнинг синдицирланган кредитлар ва лойиҳа молиялаштириш, лизинг франчайзинг, акциядорлик ва облигацияли молиялаштириш, венчур ва қарз капитали каби илғор воситаларида оқилона фойдаланиш ҳисобига ўз инновацион тараққиётининг эҳтиёжлари учун хорижий ва ички капитални жалб қилишдан манфаатдорлиги ушбу мамлакатларда молиялаштиришнинг инновацион услубларини жорий этиш ва йирик ҳажмдаги инвестициялар кириб келишининг муҳим шартларидан бўлди.
Хорижий инвестицияларни жалб қилишдан манфаатдор бўлган иқтисодий идоралар, молия институтлари раҳбарлари ва мутахассислари, Ўзбекистондаги стратегик муҳим корхоналар юқорида санаб ўтилган барча тоифадаги сармоядорлар билан ишлашни ўрганиши лозим, чунки хорижий капиталнинг кириб келиши ва инновацион тараққиёт дастурларини молиялаштириш айнан шу билан боғлиқдир.