O'zbekistonga viza
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KIRISH VIZASINI RASMIYLASHTIRISH
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar faqat viza asosida O‘zbekiston hududiga kirishlari va uning hududi orqali tranzit o‘tishlari mumkin.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida viza talabnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdig‘i) asosida beriladi.
1. Yuridik shaxslar tomonidan viza talabnomalari rasmiylashtirish
Viza talabnomasi O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnomasi asosida rasmiylashtiriladi.
Yuridik shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinshi lozim:
- Tashkilotning rasmiy blankida to‘ldirilgan, o‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi;
- evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;
- Taklif qilinayotgan shaxsning, tashkilot rahbarining va tashkilotning hujjatlarini topshirishga vakolatli xodimining pasportlari nusxalari;
- Tashkilotning rasmiy hujjatlari nusxalari (litsenziya, sertifikat, guvohnoma va hk.);
- Tashkilot rahbari va vakolatli xodimining ishga joylashish to‘g‘risidagi buyruqlari nusxalari;
- Tashkilotning vakolatli xodimi nomiga berilgan ishonchnoma nusxasi;
- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari;
- Taklif qilinayotgan shaxsning ish joyidan ma’lumotnoma.
DIQQAT: Investitsion vizani rasmiylashtirish uchun taklif qiluvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs yuqorida qayd etilgan hujjatlardan tashqari quyidagi ma’lumotnomalardan birini taqdim etishi kerak:
- xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori to‘g‘risida (“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan beriladi);
- xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi).
2. Jismoniy shaxslar tomonidan viza talabnomalari rasmiylashtirish:
- O‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi;
- evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;
- Taklif qilinayotgan va taklif qilayotgan shaxslarning pasportlari nusxalari;
- Ichki ishlar organlari tomonidan olingan taklifnoma ruxsatining asli;
- Qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar bo‘lsa);
- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari.
Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar viza olish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati (ushbu hujjatlarning amal qilish muddati viza muddatidan kamida 3 oydan ko‘p bo‘lishi lozim);
- 2 nusxada to‘liq to‘ldirilgan viza talabnomasi;
- 2 ta rangli fotosur’at (pasport o‘lchamida).
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tranzit viza olishlari uchun yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari ketayotgan davlatning vizasi va O‘zbekistondan chiqib ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlariga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu holda viza talabnomasini ko‘rib chiqish muddati 3 kunni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik muassasasi yoki konsullik vakolatxonasi bo‘lmagan davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizani O‘zbekistonga kelib, Tashqi ishlar vazirligining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urgench va Nukus xalqaro aeroportlaridaidagi viza bilan ta’minlash sektoridan olishlari mumkin. Buning uchun O‘zbekiston hududidagi taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda oldindan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning viloyatlardagi hududiy bo’linmalariga murojaat qilishi, vazirlikning Konsullik-huquqiy departamentni va viloyatlardagi bo’linmalari dan tegishli tasdiq (shtamp) olishi va uni taklif qilinuvchi shaxsga yuborishi lozim. Mazkur tasdiq taklif qilinuvchi shaxs tomonidan aviachipta xarid qilish va o‘z davlatidagi pasport tekshiruvidan o‘tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urgench, Nukus shaharlari xalqaro aeroportidagi vazirlikning viza bilan ta’minlash sektorida unga viza rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig‘imlari o‘rnatilgan:
a) Bir martalik vizalar uchun:
7 kungacha — 40 AQSh dollari;
15 kungacha — 50 AQSh dollari;
30 kungacha — 60 AQSh dollari;
3 oygacha — 80 AQSh dollari;
6 oygacha — 120 AQSh dollari;
1 yilgacha — 160 AQSh dollari.
Izoh: har bir qo‘shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.
b) Ko‘p martalik vizalar uchun:
6 oygacha- 150 AQSh dollari;
1 yilgacha — 250 AQSh dollari.
c) Tranzit vizalar uchun:
72 soatgacha — 40 AQSh dollari;
ikki martalik tranzit viza uchun — 50 AQSh dollari.
d) Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari kamida 5 kishi bo‘lishi lozim):
15 kungacha — 15 AQSh dollari (har bir kishi uchun);
30 kungacha — 25 AQSh dollari (har bir kishi uchun).
Bundan tashqari viza berish paytida viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yig‘imlar undiriladi. Bunday yig‘imlarning miqdori viza rasmiylashtirilayotgan joyga bog‘liqdir (murojaat qilayotgan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar).
Izoh: O‘zbekiston Respubliksasi bilan tegishli ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar tuzgan davlat fuqarolariga nisbatan O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning boshqacha tartibi joriy qilingan bo‘lishi mumkin.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KIRISH, CHIQISH VA TRANZIT VIZALARI
(ELEKTRON BO‘LMAGAN) TOIFALARINING RO‘YXATI
T/r |
Viza turi |
Ta’rif |
1 |
D-1 |
Diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
2 |
D-2 |
Diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) 3 oygacha muddatga beriladi. |
3 |
DT |
Diplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik) O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kirayotgan xorijiy davlatlarning diplomatik xodimlari va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) 1 oygacha muddatga beriladi. |
4 |
S-1 |
Xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lmagan), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
5 |
S-2 |
Xizmat kirish vizasi (vaqtincha) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lmagan), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga 3 oy muddatgacha beriladi. |
6 |
S-3 |
Xizmat kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi bo‘yicha ) O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, qonunchilikda nazarda tutilgan, shuningdek, Prezident va Hukumat tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat birlashmalar taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga xizmat safariga keluvchi xorijiy fuqarolarga 1 yil muddatgacha beriladi. |
7 |
O |
Rasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi rasmiy delegatsiya a’zolariga rasmiy tadbirlar o‘tkazish muddatiga beriladi. |
8 |
B-1 |
Ishbilarmonlik kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek xorijiy banklar yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar xodimlariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
9 |
B-2 |
Ishbilarmonlik kirish vizasi (biznes viza) O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan ishbilarmonlik doiralari vakillariga 1 yil muddatgacha beriladi. |
10 |
T |
Turistik kirish vizasi O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolarga 1 oy muddatgacha beriladi. |
11 |
TG |
Guruhli turistik kirish vizasi O‘zbekiston Respublikasiga kamida 5 kishidan iborat bo‘lgan turistik guruh tarkibida turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolarga 1 oy muddatgacha beriladi. |
12 |
PLG |
Ziyorat kirish vizasi Turistik faoliyat sub’ektlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning so‘rovnomalari bo‘yicha O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma’naviy merosi, an’analarini o‘rganish uchun xorijiy fuqarolarga 2 oy muddatgacha beriladi. |
13 |
E |
Ishchi kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqlangan muddatga beriladi. |
14 |
J-1 |
Matbuot vakillari uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
15 |
J-2 |
Matbuot vakillari uchun kirish vizasi («Dunyo» AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
16 |
PV-1 |
Mehmon kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
17 |
PV-2 |
Mehmon kirish vizasi (xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolar taklifi bo‘yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
18 |
VTD |
Vatandoshlar uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganlar va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va uning hududida doimiy yashovchi ularning qarindoshlari tomonidan taklifnoma mavjud bo‘lganda 2 yilgacha muddatga beriladi. |
19 |
STD |
Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
20 |
A-1 |
O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
21 |
A-2 |
O‘qituvchilar kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy asosda ishga joylashishda) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy o‘quv muasasalari filiallarining professor-o‘qituvchilar tarkibiga — xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. O‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
22 |
A-3 |
Akademik kirish vizasi (vaqtincha asosda) O‘zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot (dissertatsiyalar, ilmiy ishlar uchun materiallar to‘plash) va o‘qituvchilik faoliyatini (qisqa muddatli sayyor ma’ruzalar) yuritishni xohlaydigan xorijiy shaxslar uchun 3 oydan 2 yilgacha muddatga beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar yoki idoralar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
23 |
MED |
Tibbiy kirish vizasi Davolash-profilaktika muassasalari taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga davolanish uchun keladigan xorijiy fuqarolar uchun 3 oygacha muddatga beriladi. |
24 |
C-1 |
Ekipaj uchun kirish vizasi Havo kemalari va temir yo‘l tarkiblari ekipajlarining xorijiy a’zolariga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
25 |
C-2 |
Haydovchilar uchun kirish vizasi Yuk tashuvchi avtotransport vositalarining xorijiy haydovchilariga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
26 |
EXIT |
Chiqish vizasi Xorijiy fuqarolar tomonidan kirish vizalarining muddati kechiktirilgan hollarda ularning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun 1 oygacha muddatga beriladi. |
27 |
TRAN |
Tranzit vizasi O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan o‘tuvchi xorijiy fuqarolarga 3 kungacha muddatga beriladi. |
28 |
INV |
Ko‘p martalik investitsiya vizasi Xorijiy investitsiyalarni kiritish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan 8500-martali bazaviy to‘lov kattaligidan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik uyushmalarining aksiyalari va ulushlarini olish, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokida bo‘lgan korxonalarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan ushbu korxonalarning so‘rovnomalari bo‘yicha beriladi, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi, 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi. Bunda, investorning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandlari)ga «Investment visa» amal qilish muddatiga mos ravishda mehmon vizasi respublikadan chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtirib beriladi. |
Bundan tashqari bugungi kunda qator xorijiy davlatlar fuqarolariga O’zbekistonga vizasiz kirish rejimi joriy qilingan (davlatlar ro’yxati).
Bir qancha davlatlatlar fuqarolari O’zbekikstonga kirish uchun electron vizalar yoki O’zbekistonning konullik meassasalarida soddalashtirilfan tartibda turizm vizalari rasmiylashtirishlari mumkin (davlatlar ro’yxati).