Fuqarolar qabuli
Elchixonaning konsullik bo'limi
Elchixonaning Konsullik bo'limida fuqarolar qabuli quyidagi tartib va jadval asosida olib boriladi:
ushanba, seshanba, chorshanba,pavshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha va 14.00 dan 16:00gacha.
Tushlik uchun tanafus:
soat 13:00 dan 14:00 gacha.
Telefon orqali maslahatlashuvlar shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha olib boriladi.
Payshanba, shanba va yakshanba kunlari, shuningdek bayram kunlarida, konsullik masalalari bo'yicha tashrif buyuruvchilarni qabul qilish faqat oldindan kelishuv asosida amalga oshiriladi.
DIQQAT: O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining konsullik masalalari bo'yicha murojaatlari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining consulate.mfa.uz interaktiv konsullik xizmatlari portalida onlayn tarzda ham amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining Polshadagi Elchixonasi bilan bog'lanish uchun ma'lumotlar:
02-804 Varshava sh., Kraski ko'chasi, 21
Tel.: +48 22 894 62 30
Fax: +48 22 894 62 31
Elektron pochta: uzembassy@gmail.com
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lovlar faqat pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
MUHIM! HURMATLI MUROJAAT ETUVCHILAR!
1. Elchixonaning Konsullik bo’limiga ko’plab murojaatlar bo’lishi bois, murojaatchi telefon orqali qo’ng’iroq qilganda, agar konsullik xodimi band bo'lgan taqdirda (fuqaroni qabul qilish yoki telefon orqali boshqa murojaat qi;uvchi bilan gaplashish) tizim qo'ng'iroq qiluvchiga "band" ohangni bermaydi, balki monitorda aks ettirilgan holda chaqiruv ohangi eshitiladi va boshqa qo'ng'iroq kelayotganligini hodim ko’rish imkoniga ega bo’ladi. Ushbu holatda murojaatchi qo’ng’iroqqa javob olmasa, bu konsullik bo’limida hodim yo'qligini emas, balki boshqa murojaatchi qabuli yoki telefon suhbati bo’layotganligini anglatadi. Shu sababli, agar sizga telefon orqali bog’lana olmayotganday tuyulsa, qo'ng'irog’ingiz qabul qilingunicha ma'lum bir vaqt oralig'ida qayta qo'ng'iroq qilishingizni so'raymiz.
2. Elektron pochta orqali murojaat qilingan taqdirda, sizdan shaxsingizni tasdiqlovchi to'liq ma'lumotni berishingizni so'raymiz (to'liq ismingiz, pasport ma'lumotlari, O'zbekistonda va istiqomat qilayotgan mamlakatda yashash joyingiz manzili, va bo’lanish uchun telefon raqami), aks holda ushbu murojaat - spam (virus) deb hisoblanadi. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar elektron pochta orqali murojaatlarini qat'iy ravishda o'zbek yoki rus tillarida amalga oshirishlari talab etiladi.
3. Shuni ham e'tiborga olingki, hujjatlar pochta orqali yuborilgan taqdirda, Elchixona hujjatlar yuborilishi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi va shu bilan bog'liq harajatlarni qoplamaydi.
O'zbekiston Respublikasining bayramlari:
1 yanvar - Yangi yil
8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni
21 mart - Navro'z
9 may - Xotira va qadrlash kuni
1 sentyabr - O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni
8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Ramazon Xayiti (oy taqvimi bo'yicha)
Qurbon Xayiti (oy taqvimi bo'yicha)